O‘zbekiston va jahonda giyohvandlik bilan bog‘liq vaziyat qanday? (yangi hisobot)

Olam

image

Bugun, 26 iyun – Xalqaro narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni. Giyohvandlik insoniyatni eng zaharlovchi, uni jarlikka yetaklab boruvchi va halok bo‘lishiga sababchi bo‘luvchi baloi ofatdir. Xo‘sh, giyohvandlik va u bilan kurash holati hozir butun Yer sayyorasida, jumladan, O‘zbekistonda qanday?

Dunyoda 270 millionga yaqin odam giyohvand moddalarni iste’mol qiladi. Bu haqda BMTning Giyohvand moddalarni noqonuniy aylanishi va jinoyatchilikka qarshi kurash idorasining 25 iyun kuni e’lon qilgan hisobotida aytiladi.

"Dunyo bo‘yicha 2018 yilda 269 millionga yaqin odam giyohvand moddalarni iste’mol qildi. Bu 2009 yilga nisbatan 30 foizga ko‘p", deyiladi tashkilotning 2020 yilgi hisobotida.

Shuningdek, mutaxassislar koronavirus pandemiyasining ta’sirini tahlil qilishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, o‘sib borayotgan ishsizlik va boshqa omillar tufayli “kambag‘al odamlar giyohvand moddalarni iste’mol qilish, giyohvand moddalar savdosi va giyohvandlik mahsulotlarini ishlab chiqarishda yanada bog‘lanib qoladi”.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda nasha (marixuana) eng keng tarqalgan giyohvandlik moddasi bo‘ldi. Ushbu narkotik dunyoda 192 million odam tomonidan iste’mol qilingan.

Eng xavfli giyohvandlik moddalari – bu opioidlar. Ulardan foydalanish bilan bog‘liq kasalliklar tufayli vafot etganlar soni 71 foizga oshgan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, pandemiyaning giyohvandlik holatiga ta’sirini baholash hali ham qiyin. Ammo bu allaqachon "ko‘chalarda giyohvand moddalar yetishmasligiga va ularning narxi oshishiga va sifati yomonlashishiga olib keldi", deyiladi hisobotda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2020 yilning 5 oyi mobaynida esa davlat bojxona xizmati organlari tomonidan 152 ta qonunbuzarlik holatlari fosh qilingan. Natijada:

157,9 gramm geroin;
9049 gramm gashish;
7270 gramm opiy;
7577 gramm marixuana;
254,1 gramm  (yoki 4941 dona) “Tramadol” tabletkalari;
1878 tup tarkibida narkotik moddalari saqlovchi o‘simliklar aniqlangan.

Bundan tashqari, 240 612 dona psixotrop dori vositalari aniqlangan va musodara qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

giyohvand moddalar

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing