Senatda YeOII bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzildi
Jamiyat
−
04 aprel 2020
5607Oliy Majlis Senatida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan hamkorlik istiqbollarini hamda ushbu xamkorlikning mamlakat milliy manfaatlariga ta’sirini chuqur va har tomonlama o‘rganish bo‘yicha maxsus Ishchi guruhi tuzildi. Bu haqda yuqori palata Matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur Ishchi guruh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida qayd etilgan topshiriq va ko‘satmalari asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan takliflar hamda mazkur masalaga oid boshqa materiallarni chuqur o‘rganadi, ularning keng muhokamasini tashkil qiladi va o‘zining xulosasini tayyorlaydi.
Bunda YeOIIga a’zo davlatlar tajribasi, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klasterlar, sanoat va savdo zonalarini tashkil etish, hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirishi, erkin savdo rejimining amaliyoti kabi qator istiqbolli imkoniyatlar batafsil va atroflicha taxlildan o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.
O‘rganish jarayoni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda respublikaning mutasaddi vazirlik va idoralari bilan yaqindan hamkorlikda tashkil qilinadi.
Avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida YeOII bilan hamkorlikning ijobiy va salbiy tomonlarini o‘rganish uchun maxsus ishchi guruh tuzilgandi.
LiveBarchasi