O‘zbekiston va Turkiyaning birinchi xonimlari Nyu-Yorkda ko‘rgazmaga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Nyu-York shahriga tashrif doirasida Turkiya Respublikasining Birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘anning taklifiga binoan ushbu mamlakat madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
 

Qayd etilishicha, ekspozitsiyada Anadoluning an’analari, hunarmandchilik va madaniyatni zamonaviy dizayn bilan birlashtirgan ko‘p asrlik merosi taqdim etilgan. Ko‘rgazmada milliy matolar, qo‘lda to‘qilgan gilamlar, “telkari” va “kazaziyo” uslubidagi zargarlik buyumlari, kulolchilik namunalari, yong‘oqdan o‘ymakor sandiqlar va misdan qo‘lda yasalgan idishlar namoyish etilgan.

“Ko‘rgazmaga tashrif chog‘ida Ziroat Mirziyoyeva va Emina Erdo‘g‘an ikki xalq o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash haqida fikr almashdi”, deyiladi xabarda.

Tadbirda, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi munosabati bilan Nyu-York shahrida bo‘lib turgan boshqa mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlarining rafiqalari, xorijiy delegatsiyalarning yuqori martabali vakillari ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni damda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun AQSHning Nyu-York shahrida bo‘lib turibdi. Mirziyoyevning bugun, 23 sentyabr kuni BMT minbarida nutq qilishi rejalashtirilgan.  

Mirziyoyev kecha, 22 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasi tadbirlari doirasida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ziroat Mirziyoeva N'yu-York Emine Erdo'g'an Birinchi xonim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing