O‘zbekiston va Turkiya koronavirusga qarshi kurashda hamkorlik qiladi

Jamiyat

image

Istanbulda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sog‘liqni saqlash sohasida muvofiqlashtiruvchi qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Alisher Shodmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegetsiyasi ham ishtirok etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Ushbu anjuman doirasida Alisher Shodmonov Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxruddin Qovja bilan muloqot o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Turkiya sog‘liqni saqlash sohasida mustahkam hamkorlik o‘rnatgan. O‘tgan yil kuzda Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘zbek-turk biznes forumi doirasida Faxruddin Qovja O‘zbekistonda bo‘lib, qator ikki tomonlama manfaatli kelishuvlar imzolangan edi. Yuqoridagi muloqot ham ana shu hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Muloqot davomida Faxruddin Qovja O‘zbekistonda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, koronavirusga qarshi kurash borasidagi chora-tadbirlar haqida to‘xtalib, ushbu masalalarda hamkorlik ikki tomon uchun ham manfaatli ekanini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Alisher Shodmonov turklarning O‘zbekiston tibbiyotiga kiritadigan investitsiyalari, o‘zbek va turk mutaxassislarining o‘zaro tajriba almashishlari soha rivojiga ijobiy ta’sir qilayotganini e’tirof etdi. Pandemiya davrida qardosh davlat tomonidan O‘zbekistonga berilayotgan madad uchun minnatdorchilik bildirdi.

Muloqot davomida qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan:

- farmatsevtika va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishga investitsiyalar jalb etish;

- koronavirusga qarshi kurashda malakali turk mutaxassislarini O‘zbekistonga taklif etish;

- koronavirusga qarshi turk vaksinalarning uchinchi bosqichi sinovlarida birgalikda harakat qilish;

- tibbiy ta’limda o‘zaro hamkorlik;

- ikki mamlakat mutaxassislarining o‘zaro tajriba almashishi kabi qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Alisher Shodmonov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sog‘liqni saqlash sohasida muvofiqlashtiruvchi qo‘mita yig‘ilishi doirasida JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bag‘dad Amreyev, shuningdek, bir qator turk investorlari bilan muloqot o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

tibbiyot turkiya

Baholaganlar

44

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing