O‘zbekiston va Tojikiston savdo aylanmasini 1 mlrd dollarga yetkazish imkoniyatini ko‘rib chiqdi

Jamiyat

image

Kecha, 15 may kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda hamraisligida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilda Tojikiston Respublikasiga amlga oshiriladigan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish asnosida ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildi.

Muzokaralar chog‘ida savdo aylanmasini yanada ko‘paytirish, uning hajmini yaqin yillarda 1 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha istiqbolli imkoniyatlar muhokama qilindi. Shu nuqtai nazardan sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, tog‘ - kon va elektrotexnika sanoati, energetika va transport sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda hududlararo aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avto va temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish sohalarida qator investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunida uning davomida erishilgan muhim kelishuvlar va kelgusi ko‘pqirrali sheriklikning asosiy yo‘nalishlarini aks ettiruvchi bayonnoma imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing