O‘zbekiston va Tojikiston chegara masalasini muhokama qildi
Jamiyat
−
01 fevral 2021
5971Joriy yilning26-30 yanvar kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Muzokaralar davomida tomonlarning har oydagi uchrashuvlarini o‘tkazish nazarda tutilgan 2021 yilgi tadbirlar jadvali kelishib olindi.
Uchrashuv doirasida qo‘shma dala ishlarini o‘tkazish sanalari va joylari to‘g‘risida kelishuvga erishildi, shuningdek, davlatlararo chegarani demarkatsiya qilishning boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha tegishli Protokol imzolandi.
LiveBarchasi