O‘zbekiston va Tojikiston aviaqatnovlarni qayta tiklamoqda
Jamiyat
−
02 Yanvar 2021 7374 1 daqiqa
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida aviaparvozlar qayta tiklanmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi matbuot-xizmati xabar berdi.
Hozircha muntazam aviaqatnov emas, charter reys yo‘lga qo‘yiladi. 2021 yildagi ilk charter reys 5 yanvar kuni amalga oshiriladi.
Tashuvchining aniqlik kiritishicha, samolyot Toshkent - Dushanbe – Toshkent marshruti bo‘yicha parvozni amalga oshiradi.
Aniqlik kiritilishicha, Toshkentdan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:30 da uchadi va Dushanbega soat 10:30 yetib boradi. Dushanbedan ortga qarab soat 12:00 da uchadi va O‘zbekiston poytaxtiga soat 13:00 da uchib keladi.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston va O‘zbekiston poytaxtlari o‘rtasida aviaparvozlar o‘tgan yilning 16 mart sanasida to‘xtatilgan edi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr