O‘zbekiston va “Tolibon” bir nechta masala bo‘yicha ishchi guruh tuzdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumati vakillari kecha, 16 oktyabr kuni Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida o‘zaro manfaatdor masalalarni hal qilish uchun ishchi guruh tuzishdi. Bu haqda “Tolibon” harakati vakili Zabihulla Mujohid Twitter'dagi sahifasida ma’lum qilgan

“Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Abdul Salom Hanafiy boshchiligidagi delegatsiya Qobulga qaytdi. O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchiligidagi o‘zbek tomoni vakillari bilan muzokaralar yakunida dolzarb muammolarni muhokama qilishdi hamda o‘zaro ishchi guruh tuzuldi”, deya yozmoqda Zabihulla Mujohid .

Xabarda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va Afg‘oniston 10 kun ichida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini tayyorlab, o‘z mamlakat rahbarlariga taqdim etadi. 

Shuningdek, muzokaralar chog‘ida savdo, energetika, temir yo‘l va sog‘liqni saqlash kabi sohalardagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan. 

Ma’lumot uchun, “Tolibon” delegatsiyasi tarkibida Afg‘oniston Tashqi ishlar, Mudofaa, Iqtisodiyot Sog‘liqni saqlash, Ta’lim vazirligi va yana qator idoralar vakillari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Tolibon muzokara

Baholaganlar

314

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing