O‘zbekiston va Serbiyaning birinchi xonimlari uchrashdi

Jamiyat

image

Kecha, 28 oktyabr kuni O‘zbekistonning Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Serbiya Respublikasining Birinchi xonimi Tamara Vuchich uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Norasmiy muloqot chog‘ida xalqlar o‘rtasidagi aloqalar, gumanitar va madaniy hamkorlik yuzasidan fikr almashilgan.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchichning muzokaralari natijalari O‘zbekiston – Serbiya munosabatlarini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirilgan.

Shundan so‘ng, Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich madaniy dasturda qatnashgan. Oliy martabali mehmonga O‘zbekiston xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi va an’anaviy marosimlari namoyish etilgan.

Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tib, hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilish qat’iy ekani tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazilgandi. Shuningdek, ikki davlat yetakchilarining rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Aleksandr Vuchich Ziroat Mirziyoeva Tamara Vuchich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing