O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 14,5 foizga oshdi
Olam
−
04 Oktabr 2023
2295O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2023 yilning yetti oyida 14,5 foizga oshdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach bugun, 4 oktyabr kuni O‘zbekiston-Rossiya va Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashlarining qo‘shma majlisida ma’lum qildi.
“Tovar ayirboshlashimiz o‘tgan yilgi rekord darajasidan so‘ng joriy yilning yetti oyida narx bo‘yicha qo‘shimcha 14,5 foizga o‘sdi. Ammo jismoniy hajmlarni oladigan bo‘lsak, jismoniy hajmlarimiz qariyb 40 foizga oshgan, eksport ham, import ham oshgan”, deydi Volvach.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mineral mahsulotlar eksporti qariyb 61 foizga, oziq-ovqat eksporti qariyb 5 foizga, kimyo mahsulotlari eksporti 20 foizdan ko‘proqqa oshgan. Metall va yog‘och yetkazib berish barqaror darajada.
“O‘zbekiston Respublikasidan import bo‘yicha to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berish juda jiddiy o‘sib bormoqda – 25% dan ortiq. Oziq-ovqat mahsulotlari – 35%. Avtomobil va transport vositalari importi ortib bormoqda”, deydi Volvach. .
Rossiya Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmatiga tayanib, Rossiya Federal bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 23 foizga oshib, 9,3 milliard dollarni tashkil etgan.
LiveBarchasi