O‘zbekiston va Rossiya kompaniyasi o‘rtasida gaz bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi 

Jamiyat

image

Bugun, 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi raxbari Aleksey Miller o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda “Gazprom” matbuot xizmati korporatsiyaning rasmiy veb-sayti orqali xabar berildi.

“Tomonlar o‘zaro munosabatlarning dolzarb va istiqbolli masalalarini ko‘rib chiqdilar. Uchrashuvda Aleksey Miller va Jo‘rakek Mirzamahmudov gaz sanoatida hamkorlik qilish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladilar”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, avvalroq Qozog‘iston bilan ham gaz sanoatida hamkorlik qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolangan edi.

2022 yilning 28 noyabrida esa Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari Vladimir Putin va Qosim-Jomart To‘qayev Kremldagi uchrashuvda O‘zbekiston bilan “uch tomonlama gaz ittifoqi” ni tuzishni muhokama qilgan edi. Ko‘plab o‘zbekistonlik iqtisodchilar esa bunday ittifoq O‘zbekiston manfaatlariga zid ekanini aytib, e’tiroz bildirgan.

Shuningdek, ko‘p o‘tmay Qozog‘iston Rossiya va O‘zbekiston uchligida gaz ittifoqi tuzilishiga qarshi ekanini bildirib chiqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq QALAMPIR.UZ sayti orqali “Gaz ittifoqi: Rossiya bilan har qanday ittifoq manfaatlarimizga to‘g‘ri kelmaydi” nomli videointervyu e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Rossiya Energetika vazirligi Gazprom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing