O‘zbekiston va Rossiya adliya vazirlari o‘zaro hamkorlik dasturini imzoladi

Jamiyat

image

Bugun 16 may kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi adliya vaziri Aleksandr Konovalov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA nashri xabar tarqatdi.

Uchrashuv ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan IX xalqaro yuridik forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Ruslanbek Davletov rossiyalik hamkasbini forumning yuqori saviyada tashkil etilgani bilan tabriklab, o‘zaro hamkorlik doirasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashdagi faolligi bilan uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘z navbatida Rossiya adliya vaziri ham o‘zbekistonlik hamkasblarini joriy yilning 25-27 aprel kunlari Toshkent shahrida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan “Tashkent Law Spring” birinchi xalqaro yuridik forumi bilan qutladi.

Tomonlar turli mamlakatlar yuridik hamjamiyatlarini yaqinlashtirish, huquqqa oid eng yaxshi tajribalarni o‘rganish, sohadagi dolzarb masalalar va zamonaviy tendensiyalarni muhokama qilishda muhim rol o‘ynaydigan bu kabi tadbirlarni tashkil etishda hamkorlik qilish muhim ekanini ta’kidladilar.

Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limidan ma’lum qilishlaricha, uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi. 

Ushbu dastur o‘zaro stajirovkalar o‘tkazish, tajriba almashish, tizim tashkilotlari o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlar o‘rnatish orqali ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlarni o‘tkazishni ko‘zda tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

3

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing