O‘zbekiston va Rossiya harbiylarining Termizdagi harbiy mashg‘uloti yakunlandi

Jamiyat

image

Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish fonida Termiz shahrida o‘tkazilayotgan “Janub 2021” rus-o‘zbek taktik mashg‘ulotari bugun, 6 avgust kuni yakuniga yetdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

So‘nggi mashqlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari general-mayori Shuhrat Xolmuhammedov, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov kuzatishdi. Harbiy yetakchilarga noqonuniy qurolli guruhlar davlat chegarasini kesib o‘tishinining oldini olish bo‘yicha mashg‘ulotlar namoyish etildi. 

Qayd etilishicha, qo‘shma harbiy guruh avvaliga havodan “noqonuniy qurolli guruhlar”ni aniqlab, keyin mamlakat hududiga kirgan “jangarilar”ni to‘xtatib, yakunda aholi punktiga yashiringan buzg‘unchilarni yo‘q qilgan.

“Harbiy mashg‘ulot konsepsiyasini ishlab chiqish uchun Suriyadagi noqonuniy qurolli guruhlarga qarshi kurash bo‘yicha Rossiya Qurolli Kuchlari tajribasi asos qilib olingan”,  deydi Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosari, general-leytenant Mixail Teplinskiy.

Ma’lumot o‘rnida, harbiy mashg‘ulotlarda ikki mamlakatdan jami 1,5 mingga yaqin harbiy xizmatchilar ishtirok etgan. Shuningdek, 200 ta qurol-yarog‘, maxsus harbiy texnika hamda Rossiyaning Tu-22M3 VKS rusumli 4 ta samolyoti jalb qilingan. 

Avvalroq, joriy yilning avgust va sentyabr oylarida Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalari O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston harbiylari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazilishi haqida xabar bergandik. 

Unga ko‘ra, avgust oyidagi harbiy mashg‘ulotlar O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati “Termiz” poligonida bo‘lib o‘tdi. Sentyabr oyidagi mashqlar esa Qirg‘izistonning “Edelveys” o‘quv markazi bazasida bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Harbiy mashg'ulotlar

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made