O‘zbekistonliklarning ko‘proq qaysi kasalliklardan vafot etayotgani ma’lum qilindi
Jamiyat
−
06 may
50673O‘zbekistonda aholining aksariyat qismi qon aylanish tizimidagi kasalliklardan vafot etishi aniqlandi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2024 yilning yanvar - mart oylarida qayd etilgan o‘lim holatlarining 57, 9 foizi qon aylanish tizimi kasalliklari, 7,5 foizi nafas olish bilan bog‘liq kasalliklar, 9,1 foizi o‘simtalar, 4,5 foizi baxtsiz hodisa, jarohatlanish, zaharlanish, 4,1 foizi ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari, 1,2 foizi yuqumli va parazitar kasalliklar va 15,7 foizi boshqa kasalliklar oqibatida yuzaga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilning 1-choragi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi ma’lum qilingandi.
Rayhona Ulkanbayeva