Markaziy Osiyodagi eng qashshoq davlat ma’lum qilindi

Bu qiziq

image

Tojikiston Markaziy Osiyodagi eng kambag‘al davlat deb topildi. Bu haqda “Global Finance” nashri tomonidan e’lon qilingan dunyoning eng qashshoq mamlakatlari reytingida keltirilgan. 

E’tiborlisi Afg‘oniston ushbu ro‘yxatga kiritilmagan. O‘zbekiston ro‘yxatdagi 190 davlat ichida 67- o‘rinda ko‘rsatilgan. O‘zbekistonning YAIM ko‘rsatkichi yiliga kishi boshiga 10,9 ming dollarni tashkil etgan.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Tojikiston 43-o‘rin (5,8 ming dollar), Qirg‘iziston 48-o‘rin (6,8 ming dollar), Turkmaniston 101-o‘rin (19,7 ming dollar), Qozog‘iston 128-o‘rinda (34,5 ming dollar) qayd etilgan.

Bundan tashqari, reytingning eng yuqori pog‘onasidan Janubiy Sudan (450), Burundi (916), Markaziy Afrika Respublikasi (1,123) joy olgan.

Qayd etilishicha, dunyoning eng qashshoq mamlakatlari fuqarolik urushlari, etnik va dinlararo nizolardan aziyat chekmoqda. COVID-19, o‘sib borayotgan inflyatsiya va Ukrainadagi urush ularning ahvolini yanada og‘irlashtiryapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakatdagi o‘rtacha ish haqi asosida mobil internet mavjudligini baholovchi Mobil ma’lumotlarning arzonligi indeksida (Mobile Data Affordability Index) O‘zbekiston 179 davlat orasida 43-o‘rinni egallagandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

qashshoq davlat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar