O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Olam

image

O‘zbekiston va Ozarbayjon kompyuter ko‘magida qo‘shma taktik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Bu haqda kecha, 9 aprel kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Bildirilisho‘icha, ikki davlat o‘rtasida kompyuter ko‘magida taktik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari “Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘rtasida imzolangan 2024 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasi”ga muvofiq o‘tkaziladi. 

Birinchi shtab muzokaralarini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjonga borgan. O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuvda kompyuter ko‘magida bo‘lajak Ozarbayjon-O‘zbekiston qo‘shma taktik qo‘mondonlik shtab o‘quv mashg‘ulotlari bo‘yicha brifing taqdim etilgan.

“Mashg‘ulotlarning maqsadlari bayon etilgan yig‘ilish yakunida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va boshqa masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi hamda qo‘mondonlik shtab-kvartirasi mashg‘ulotlarining yakuniy bayonnomasi imzolandi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon joriy yilning iyul oyida “Bіrlestіk-2024” qo‘shma tezkor-taktik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishi ma’lum qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi qo'mondonlik mashg'ulotlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing