O‘zbekiston va Mirziyoyevning do‘sti ishdan ketdi
Olam
−
22 iyul 2019
17418Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alan Dunkan lavozimini tark etdi. U Britaniyada o‘tkaziladigan Bosh vazir sayloviga bir kun qolganda iste’fo bergani aytilmoqda. Qayd etilishicha, Alan Dunkan sobiq Tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonning Bosh vazir bo‘lishiga qarshi.
Sobiq London meri va tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonning yangi bosh vazir bo‘lish ehtimoli ortidan hukumatdagi bir qator vazir va vazir o‘rinbosarlari iste’foga chiqishi kutilmoqda, deb yozmoqda BBC.
Britaniyada iqtidordagi konservatorlar partiyasi ertaga, 23 iyul kuni Tereza Meypartiyaning yangi rahbarini saylaydi. Partiyaning 160 ming nafar oddiy a’zolari esa Tereza Meyning merosxo‘rini tanlaydilar.
Lavozimini tark etgan Alan Dunkan O‘zbekiston va uning Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning do‘sti sifatida ko‘riladi. 2016 yilda iqtidorga kelgan Mirziyoyevning birinchi bo‘lib qutlagan g‘arb siyosatchisi Alan Dunkan hisoblanadi.
U joriy yilning 16 aprel kuni O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘lgan edi. Alan Dunkan Toshkentga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston erkin mamlakatga aylanayotganini aytgandi.