O‘zbekiston va Qozog‘iston yo‘lovchilarning hujjatini tekshirishni kamaytirishni muhokama qildi

Jamiyat

image

Qozog‘istonda “Yo‘lovchi tashish transporti” AJ va “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ hamda O‘zbekiston va Qozog‘istonning bir qator davlat organlari vakillari ishtirokida ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabariga ko‘ra, unda ikki davlat o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 18-qo‘shma yig‘ilishi bayonnomasida belgilab berilgan ayrim vazifalar ijrosi xususida so‘z yuritilgan.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchilarning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan turli xil ma’lumotlarga alohida e’tibor qaratilgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ qarashli yo‘lovchi poyezdlarining Qozog‘iston xududidan hamda Qozog‘istonning “Yo‘lovchi tashish transporti” AJ qarashli yo‘lovchi poyezdlarining O‘zbekiston hududidan o‘tishida har ikkala davlat migratsiya, bojxona , chegara xizmati, ichki ishlar organlari vakillari ishtirokida qo‘shma monitoring o‘tkazish borasida fikrlashib olindi.

Shuningdek, yig‘ilishda davlat chegara stansiyalarida bojxona, chegara xizmatlari nazorati jarayonlarini tezlashtirish, migratsiya, ichki ishlar organlari kabi tashkilotlar tomonidan yo‘l davomida yo‘lovchilarning hujjatlarini tekshirish kabi holatlarni kamaytirish masalalari muhokama qilingan.
Qolaversa, poyezd ichida yo‘lovchilarga davlat chegaralaridan o‘tishda nimalarga e’tibor qaratishlari, zarur hujjatlar haqida ko‘proq ma’lumotlar berishni, tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yish masalasi ham ko‘rib chiqilgan.

Taraflar yo‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish, ularni tegishli davlat organlariga yuborib kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilishga e’tibor qaratishdi.

Tadbir so‘nggida ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishini joriy  yilning yoz oylarida Toshkent shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qozog'iston

Baholaganlar

77

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing