O‘zbekiston va Qozog‘iston hududida o‘zaro transchegaraviy suv hisoblagichlar o‘rnatiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Qozog‘iston iste’mol qilinadigan suv hajmini aniq hisoblash imkonini beruvchi hisoblagichlar o‘rnatishga kelishib oldi. Bu haqda kecha, 19 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi xabar berdi.

Kelishuvga ko‘ra, Qozog‘iston O‘zbekiston hududida, O‘zbekiston tomoni esa Qozog‘iston hududida hisoblagichlarni o‘rnatadi. Bundan tashqari, tomonlar onlayn rejimda axborot almashinuvini ham rejalashtirgan.

Shunday qilib, Qozog‘iston O‘zbekistonda, O‘zbekiston tomoni esa Qozog‘iston tomonidan to‘plangan ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Erishilgan kelishuv geografik jihatdan daryolar manbalariga kirish imkoniyati kamroq bo‘lgan mamlakatimiz manfaatlari uchun muhim”, deyiladi xabarda.

Ayni paytda har ikki davlat mutaxassislari suv hisoblagichlari qayerga o‘rnatilishini hal qilishmoqda. 

“Hisoblagichlarning o‘rnatilishi har ikki davlat tomonidan iste’mol qilinadigan suv hajmini onlayn rejimda kuzatish imkonini beradi. Aprel oyida biz boshqa qo‘shnilarimiz bilan ham shu kabi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirganmiz”, degan suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjon Nurjigitov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida "Markaziy Osiyo" Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazi faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida bitim imzolangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston hisoblagich suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing