O‘zbekiston va Qirg‘iziston Bosh vazirlari o‘rinbosarlari Farg‘onada uchrashdi

Jamiyat

image

Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi – Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Artyom Novikov Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri – Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov bilan uchrashdi. . 

Muzokaralar davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini muhokama qildilar. 

Xususan, qo‘shma o‘zaro hamkorlikning aniq chora-tadbirlari, yo‘nalishlari va shartlarini belgilab, qo‘shma investitsiya loyihalari va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini joriy yilning 25 dekabrigacha amalga oshirish bo‘yicha bir qator masalalarni ko‘rib chiqishga qaror qilingan. 

Transport sohasini, shu jumladan xalqaro transportni rivojlantirish masalalari ikkala mamlakat eksporti geografiyasini kengaytirish va yangi bozorlarga chiqish masalalari ko‘rib chiqilgan.  

Tomonlar ikki mamlakat hududida qo‘shma savdo-logistika va ulgurji tarqatish infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. 

Shuningdek, ilgari imzolangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnoma doirasida ustav kapitali 50 million dollar bo‘lgan Qirg‘iziston-O‘zbekiston investitsiya fondini tashkil etish va bojxona sohasida o‘zaro hamkorlik qilish uchun ishchi guruh tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 

Yakunda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha Yo‘l xaritasini imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardor Umurzoqov Artyom Novikov

Baholaganlar

91

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing