O‘zbekiston va Qatar yetakchilari Toshkentda yangi monumentni ochib berdi
Olam
−
19 dekabr 2023
6570Bugun, 19 dekabr kuni “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini ifodalovchi monumentning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy ishtirok etdi.
Tadbirda BMT Bosh kotibining yordamchisi Aleksandr Zuyev va xorijiy mamlakatlarning rasmiy shaxslari ham qatnashdi.
“Kafti ochiq qo‘l ko‘rinishida metalldan ishlangan ushbu o‘n ikki metrlik kompozitsiya halollik, pok amal va niyatlarni, korrupsiyaga nisbatan mutlaq toqatsizlikni, dunyoning barcha mamlakatlarini unga qarshi kurashishda birlashishga chaqiriqni anglatadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy amaliy tashrif bilan Toshkentga kelgandi. Davlat rahbarlari Qatar Amiri tashabbusi bilan ta’sis etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mukofot bilan taqdirlash marosimida ishtirok etmoqda.
LiveBarchasi