O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida 9 ta hujjat imzolandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, o‘zaro hamkorlikning turli sohalarini qamrab oluvchi quyidagi hujjatlar imzolangan:

  • -O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qatar Davlati Hukumati o‘rtasida turizm va ishbilarmonlik tadbirlari sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Qatar Davlati Ijtimoiy rivojlanish va oila vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Qatar Davlati Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va Qatar Davlati Investitsiya agentligi o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiya qarshi kurashish agentligi va Qatar Davlati Ma’muriy nazorat va shaffoflik boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi va Doha dinlararo muloqot xalqaro markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi va Qatar Davlati Inson huquqlari bo‘yicha milliy qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Qatar Davlati Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida qo‘shma ishbilarmonlar kengashini tuzish to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Qatar Davlati Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Doha shahriga yetib borgan, uni Qatar Bosh vaziri – Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgandi. Shu kuni Mirziyoyev Dohada mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Bugun, 2 oktyabr kuni Dohada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Marosimdan so‘ng “Amiri Devon” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Qatar Tamim bin Hamad Ol Soniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing