O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida ikki tomonlama shartnomalar imzolandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning muzokaralari yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan Qo‘shma bayonot qabul qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida quyidagi shartnomalar imzolangan:

  • diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • diplomatik akademiyalar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi;
  • xalq ta’limini rivojlantirish to‘g‘risidagi idoralararo Anglashuv memorandumi; 
  • fan, texnologiya va innovatsiya sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi idoralararo Anglashuv memorandumi;
  • jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 noyabr kuni Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella qizi Laura Mattarella bilan birga O‘zbekistonga kelgandi. Ularni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi. Bugun, 10 noyabr kuni ertalab Serjo va Laura Mattarellalar Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Keyinchalik Ko‘ksaroy qarorgohida Italiya Prezidenti Serjo Mattarellani rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimdan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella Ko‘ksaroy qarorgohida ikki tomonlama muzokara o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Italiya Serjo Mattarella

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing