O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi migratsiya sohasida sheriklik bitimi tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi migratsiya sohasida sheriklik bo‘yicha bitim tasdiqlandi. Prezidentning shu haqdagi tegishli qarori kecha, 4 mart kunii qabul qilindi.
 
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Germaniya Federativ Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida migratsiya va mobillik sohasida keng qamrovli sheriklik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Bitim 2024 yil 15 sentyabrda Samarqand shahrida imzolangan.

Shartnomani amalga oshirish uchun Migratsiya agentligi tashqi mehnat migratsiyasi qismi bo‘yicha, Ichki ishlar vazirligi readmissiya qismi bo‘yicha mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil sentyabr oyida Germaniya federal kansleri Olaf Shols O‘zbekistonga kelgan edi. O‘shanda O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols ishtirokida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilingandi. Unga ko‘ra, rasmiy tashrif doirasida 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya O'zbekiston migratsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing