O‘zbekiston va bir qator davlatlarda Telegram ishlamay qoldi
Olam
−
04 yanvar 2021
11306Bugun, soat 17:01 dan boshlab O‘zbekiston Respublikasi va MDHning bir nechta davlatlarida Telegram messenjeri noma’lum sabablarga ko‘ra ishlamay qoldi.
QALAMPIR.UZ’ning aniqlashicha, Telegram ishidagi uzilish Rossiya, Ukraina, va Belarusda ham kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning, 16 dekabr kuni soat 18:20 lar atrofida O‘zbekiston Respublikasi hududida Telegram messenjeri noma’lum sabablarga ko‘ra ishlamay qolgandi.
Shuningdek, 2020 yilning 22 noyabr kuni kechki soatlarda ham O‘zbekistonda Telegram messenjeri bilan bog‘liq muammolar kuzatila boshlangandi.
Bu mamlakatdagi internet tezligi bilan bog‘liq muammo emasligi, balki nosozlik Telegram shirkatining o‘zidan kuzatilayotgani ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi