O‘zbekiston va Belarus harbiylari maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi
Jamiyat
−
18 may 2019 3126 1 daqiqa
Joriy yilning 17 may kuni Belarus Respublikasi harbiylari “Jangovar hamdo‘stlik-2019” hamkorlikdagi mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Belorus armiyasining Harbiy-havo kuchlariga qarashli Il-76 md harbiy-transport samolyotida Farg‘ona aeroportiga yetib keldi. Bu haqda O‘zA nashri xabar tarqatdi.

22 nafar belarus harbiy xizmatchisi polkovnik Oleg Kostromin boshchiligida 20-27 may kunlari Namangan viloyatidagi “G‘urumsaroy” poligonida o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan o‘tkaziladigan hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston va Belarus respublikalari o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasiga asosan tashkil etilmoqda.

Live
BarchasiPutin Xitoyga yetib bordi
19 may