O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Xitoyni mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 16 oktyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasidagi navbatdagi o‘yinini o‘tkazdi. Srechko Katanets shogirdlari Xitoy mezbonligida o‘tgan mazkur uchrashuvda mezbon jamoani 2:1 ko‘rinishidagi hisob bilan mag‘lub etdi. 

Birinchi bo‘lim so‘ngida Vei Shixao xitoyliklarni hisobda oldinga olib chiqdi, ushbu gol dastlabki 45 daqiqalikda yagonaligicha qoldi. Ikkinchi bo‘limning 77-daqiqasida raqib jarima maydoni ichida Abbosbek Fayzullayev penalti ishladi. 

Otabek Shukurovning tepgan to‘pni dastlab darvozabon qaytardi, biroq Shukurov o‘z vaqtida harakat qilib, o‘zbekistonliklarning birinchi golini urdi. 

86-daqiqada esa Jamshid Iskandarov ikkinchi golga mualliflik qildi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Shu tariqa Srechko Katanets shogirdlari irodali g‘alabaga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 13 oktyabr kuni Vetnam ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xitoy Otabek Shukurov o'rtoqlik o'yini FIFA Srechko Katanets Jamshid Iskandarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing