O‘zbekiston uran qazib olishni ikki baravar ko‘paytiradi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston 2022—2030-yillarda uran qazib chiqarishni 2 barobarga – yiliga 7,1 ming tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “2022-2030 yillarda uranni ishlab chiqarish, qayta ishlash hajmini oshirish va “Navoiyuran” davlat korxonasini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Hujjat bilan uran qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha ko‘rsatkichlar tasdiqlandi. Xususan, ishlab chiqarish hajmini 2021 yildagi 3,526 ming tonnadan 2030 yilda 7,1 ming tonnaga oshirish rejalashtirilgan.

Hujjatda, shuningdek, 2022-2030 yillarda geologiya-qidiruv ishlarini faollashtirish hisobiga uran zaxiralarining o‘sish sur’ati ko‘rsatkichlari – 4,7 ming tonnadan 10,5 ming tonnagacha tasdiqlangan.

Qaror bilan respublikada uran qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 460 million dollarlik 20 ta investitsiya loyihasi ro‘yxati tasdiqlandi.

MAGATE ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda yettinchi, qazib olish bo‘yicha esa beshinchi o‘rinda turadi. Mamlakatning o‘zida uran mahsulotlaridan foydalanilmaydi va ishlab chiqarilgan barcha uran eksport qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

uran

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing