Eron kutilmaganda muhim shartga rozi bo‘ldi – OAV
Olam
−
09:38 3635 1 daqiqa
Eron sanksiyalarni yumshatish evaziga uran boyitishni to‘xtatishga rozi bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Bu haqda “Al Hadath” telekanali manbalarga tayanib, xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bunga Eron va AQSH o‘rtasida bilvosita muzokaralarni tashkil etishda ishtirok etayotgan vositachilar ko‘maklashgan. Ular Tehrondan yadroviy dastur bo‘yicha yon berishlarni talab qilgan.
Biroq Eronning “Press TV” telekanali hukumatdagi manbaga tayanib, mamlakat hozirda yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar olib bormayotganini ma’lum qilgan. Manbaning aytishicha, Tehronning pozitsiyasi o‘zgarmagan. U “Al Hadath” xabariga raddiya bergan.
Ma’lumot uchun, Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi mazkur xabarlar tarqalishidan avval AQSH bilan munosabatlardagi mavjud bosiqdan chiqishning yagona yo‘li muzokaralar ekanini aytgan edi. AQSH Prezidenti Donald Tramp esa Eron bilan yangi muzokaralar o‘tkazilishi mumkinligini bildirgan. Uning aytishicha, Tehron kelishuvdan manfaatdor, biroq Eron tomoni taklif qilgan shartlar Vashingtonni qanoatlantirmayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Wall Street Journal” AQSH rasmiylariga tayanib, Prezident Donald Tramp Eronning Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va mintaqadagi janglarni yetti kun ichida to‘xtatishni nazarda tutgan tinchlik taklifini rad etganini yozgandi. Bu xabarlar rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, kelishuvlarning borishi ma’lumot asosli ekanini ko‘rsatgandek bo‘lmoqda.
Live
Barchasi