O‘zbekiston Ummon sultonligiga yangi elchi yubordi
Jamiyat
−
04 fevral
6029Bugun, 4 fevral kuni O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Abdusalom Xatamov Ummon poytaxtiga yetib bordi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Arab, rus va ingliz tillarini biluvchi diplomat 2018–2024 yillarda O‘zbekistonning Yekaterinburg (Rossiya) shahridagi Bosh konsulligini boshqargan. 52 yoshli Xatamov Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1993 yilda Buxoro viloyatidagi davlat tuzilmalarida boshlagan va Buxoro davlat universitetida arab tilidan dars bergan. 1999 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘tgan yillar davomida TIVning Buxoro bo‘limi, Konsullik boshqarmasi, Konsullik-huquqiy departamenti, Misr va Saudiya Arabistonidagi elchixonalarda turli lavozimlarda ishlagan.
U 2018–2021 yillarda O‘zbekistonning Ummondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Anvar Abduhalimov o‘rniga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 yanvar kuni Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi lavozimiga tayinlangan edi.
LiveBarchasi