O‘zbekistonning Hindistondagi yangi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi. 

Ma’lumot uchun, 45 yoshli diplomat Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, London universitetining (Buyuk Britaniya) Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabi, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan. Siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasiga ega.

Tashqi ishlar vazirligi tizimida 2000 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. U markaziy apparatda attashedan tortib bo‘lim boshlig‘igacha bo‘lgan turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi va Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyatida ishlagan. 2018-2023 yillarda mamlakatning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Hindiston elchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing