O‘zbekiston U-23 terma jamoasi a’zosi Angliya klubi yig‘inida ishtirok etadi
Sport
−
29 aprel 13851 1 daqiqa
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi va “Paxtakor” klubi hujumchisi Saidumarxon Saidnurullayev Angliyaning “Kuins Park Reynjers” klubi yig‘inida ishtirok etadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Saidnurullayev Angliya chempionati ikkinchi ligasi, ya’ni Chempionship klubi “Kuins Park Reyjnjers”ning mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda va “tumanli albion”da yana bir o‘zbekistonlik futbolchi paydo bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, 2005 yilda tug‘ilgan Saidnurullayevning transfer huquqi “Paxtakor” klubiga tegishli. Bu mavsumda futbolchi O‘zbekiston kubogi doirasida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.
Live
Barchasi