O‘zbekiston U-17 terma jamoasining chorak finaldagi raqibi aniq bo‘ldi
Sport
−
11 aprel
11446Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasining chorak finaldagi raqibi Birlashgan Arab Amirligi terma jamoasi bo‘ladi.
Ushbu o‘yin 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 22:15 da Toif shahridagi “Qirol Fahd” stadionida start oladi.
Qayd etish kerak, ikkala terma jamoa ham joriy yilning noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqaning “A” guruhidan o‘rin oldi va birinchi turda Tailandni, ikkinchi turda Xitoyni va uchinchi turda mezbon Saudiya Arabistoni terma jamoasini mag‘lub etgan holda 100 foizlik natija bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. BAA o‘smirlari esa “B” guruhida 4 ochko jamg‘arib, 3-o‘rin bilan chorak final va Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
LiveBarchasi