O‘zbekiston-Turkmaniston o‘rtasida 19 ta hujjat imzolandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Turkmanistonning tegishli idoralari o‘rtasida 19 ta hujjat imzolandi. Marosim bugun, 14 iyul kuni Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov ishtirokida bo‘lib o‘tdi. 

Davlat rahbarlari Qo‘shma bayonot imzoladilar. Unda erishilgan asosiy kelishuvlar mustahkamlab qo‘yilgan hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha uzoq muddatli vazifalar belgilangan.

Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari tomonidan bitimlar imzolandi. Jami 19 ta hujjatga imzo chekildi, shular jumlasidan:

•    Transport-tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim;

•    Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

•    Amudaryo suv resurslarini boshqarish, muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risida bitim;

•    Tashabbusli ilmiy-tadqiqot loyihalarining qo‘shma tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida bitim;

•    2022-2025 yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturi;

•    2022-2024 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida dastur;

•    2023-2024 yillarga mo‘ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi;

•    O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi – Savdo markazini tashkil etish va faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitim qoidalarining amaliy ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.

Shuningdek, kimyo tarmog‘i, bojxona, temir yo‘llar, muzeylar, adliya, yoshlarga doir siyosat, teleradioeshittirish va boshqa sohalardagi hamkorlik yuzasidan qator hujjatlar imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkmaniston

Baholaganlar

165

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing