O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Jamiyat
−
06 may 2019
3579Joriy yilning 29 aprel va 5 may kunlari Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasi delimitatsiya va demarkatsiya masalalari bo‘yicha O‘zbekiston–Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, muzokaralarda davlatlararo chegarada amalga oshirilgan qo‘shma dala topografik-geodeziya ishlari natijalari ko‘rib chiqildi, yer balansining dastlabki hisob-kitoblari sarhisob qilindi. O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda demarkatsiya xaritalarini tayyorlash uchun samolyotdan suratga olish ishlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokalar yakuniga ko‘ra ikki tomon ishtirokida bayonnoma imzolandi.
LiveBarchasi