O‘zbekistonga Turkiyaning bir viloyatidan pomidor va qalampir olib kirish taqiqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 12 fevralidan boshlab Turkiyaning Bursa hududidan O‘zbekiston Respublikasiga pomidor va qalampir urug‘liklari eksporti uchun vaqtinchalik taqiq joriy etildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi ma’lum qildi.

Bunga sabab, mazkur hududda joylashgan BURSA TOHUMCULUK ZIRAAT VE TIC.A.S. korxonasidan O‘zbekiston Respublikasiga keltirilgan 85 kg pomidor urug‘ligida “Pomidor jigarrang bujmayish virusi” (Tomato brown rugouse fruit virus) aniqlandi.

Holat yuzasidan 11 fevralda O‘zbekiston Respublikasiga karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishda belgilangan fitosanitariya talablari buzilganligi to‘g‘risidagi notifikatsiya (xabarnoma) Turkiya davlatining o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha milliy tashkilotiga yuborildi.

Bugungi kunga qadar Turkiyaning vakolatli organidan “O‘zdavkarantin” inspeksiyasiga javob xati kelib tushmagan.

Avvalroq, O‘zbekistonda yetishtirilgan pomidorlarda aynan shu virus aniqlangani sababli Rossiyaga mahsulot olib kirish taqiqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya pomidor

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing