Ispaniyada dunyoga mashhur pomidor festivali o‘tkazildi (video)
Bu qiziq
−
28 avgust 4786 2 daqiqa
Kecha, 27 avgust kuni Ispaniyaning Valensiya yaqinidagi kichik Bunol shahrida mamlakatning ramzi bo‘lgan “La Tomatina” pomidorlar festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Valencia Secreta” xabar berdi.
Joriy yilda festivalga minglab odamlar yig‘ilib, bir-birlarini 120 tonna pomidor bilan “siyladi”.

Butun dunyoga tanilgan pomidor janglari har yili avgust oyining so‘nggi chorshanbasida o‘tkaziladi. An’anaga ko‘ra, bayram yog‘langan ustunga chiqib, unda osilgan xamon taomini qo‘lga kiritish musobaqasi bilan boshlanadi. Kechga yaqin shahar maydoniga yuk mashinalarida pomidor olib kelinadi, suv purkagichlar orqali berilgan maxsus ishoradan keyin esa haqiqiy jang boshlanadi.

Festivalda 2013 yildan buyon maxsus chipta tizimi joriy qilingan bo‘lib, unda ishtirokchilar soni 20 ming odam bilan cheklanadi. Masalan, 2012 yilda festivalga 50 ming kishi kelgan edi. Tadbirga butun dunyodan sayyohlar tashrif buyuradi va pomidor janglari taxminan bir soat davom etadi. Ko‘p qatnashchilar o‘zini butunlay qip-qizil qilish uchun oq futbolka kiyib oladi. Otishmalar yakunida shahar ko‘chalaridagi pomidor qoldiqlari suv shlanglari va o‘t o‘chirish mashinalari yordamida tozalanadi.

Ma’lumot uchun, festivalning tarixi 1945 yilga borib taqaladi. O‘shanda bozor savdogarlari janjal paytida bir-birlariga pomidor uloqtirgan. Bu mahalliy aholiga yoqib qolgani sababli keyingi yili pomidor uloqtirish maxsus tashkil etilgan. 1980 yillarda esa festivalning ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritilishi uni butun dunyo bo‘ylab mashhur qildi va minglab sayyohlarni unga jalb qildi. Hozirgi kunda “La Tomatina” musiqiy va raqs dasturlari, shoular bilan ham boyitilgan.

Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr