O‘zbekiston Turkiyaga gumanitar yordam yubordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, kecha, 2 may kuni Turkiya Respublikasiga koronavirus infeksiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yordami yuborildi.

O‘zAning xabar berishicha, Turkiyaga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida qabul qilingan Hukumat farmoyishiga asosan “Uzbekistan Airways” tomonidan ajratilgan yuk samolyotida Istanbul shahriga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bir martalik respirator Ecos N 95 tibbiy niqobidan bir million dona yetkazib berilgan.

“Mamlakatlarimiz koronavirus infeksiyasining shiddatli tarqalishiga qarshi kurashishda yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan muborak Ramazon oyida Turkiyaga shunday og‘ir kunlarda ko‘rsatilgan yordam O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari yuqori darajada ekanidan dalolatdir”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) O‘zbekistondagi 4 mingdan ortiq muhtoj oilaga oziq-ovqat tarqatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston

Baholaganlar

107

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing