Turkiya O‘zbekistondagi 4 mingdan ziyod muhtoj oilaga yordam ko‘rsatdi
Jamiyat
−
30 aprel 2021 5406 1 daqiqa
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) O‘zbekistondagi muhtojlarga oziq-ovqat tarqatdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, oziq-ovqat paketlarini Respublikaning 14 mintaqasidagi 4631 oila qabul qilib olgan.
Yordam TİKA’ning Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi huzuridagi “Vaqf” fondi orqali tarqatilgan.
2%2FNew%20folder45%2F20210429_2_48039856_64654775.jpg)
Qayd etilishichcha, TİKA dasturi asosida muhtoj oilalarga 77,3 tonna oziq-ovqat tarqatilgan. Har bir oziq-ovqat sumkasida un, kungaboqar yog‘i, guruch, choy va shakar kabi o‘n xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari mavjud.
TİKA’ning Toshkentdagi koordinatori Jemaletdin Tyuneyning so‘zlariga ko‘ra, agentlik xodimlari Ramazon munosabati bilan O‘zbekistonning barcha hududlarida muhtojlarga ovqat etkazib beradi.
Live
Barchasi