O‘zbekiston-Turkiya o‘rtasidagi savdo hajmi 5 milliardlik marraga yaqinlashmoqda
Jamiyat
−
31 Oktabr 2019
4132O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 5 milliard AQSH dollariga yaqinlashmoqda. Bu haqda Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Surayyo Er ma’lum qildi.
“Barcha siyosiy, iqtisodiy, insoniy sohalarda qardoshlik rishtalarimizning mustahkamlanayotganidan va ikki tomonlama aloqalarimizning jadal rivojlanishi ko‘p sohada yangi imkoniyatlarni yaratayotganidan mamnunmiz. Janob Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi bo‘yicha marraga o‘zaro investitsiyalar va tadbirkorlarimiz hamkorligida shitob bilan kun sayin yaqinlashib bormoqdamiz”, deydi elchi.
2018 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard AQSH dollarini tashkil etib, bu o‘tgan yillar davomida erishilgan yutuqlar orasida rekord natija sifatida qayd etilgan edi. 2017 yilda esa ushbu ko‘rsatkich 1,5 milliard AQSH dollarini tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarda 2016 yildan buyon yangi sahifa ochildi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘anning siyosiy irodasi sabab ikki mamlakat tadbirkorlarining munosabatlari yanada mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yilda Turkiyaga, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning 2018 yilda O‘zbekistonga amalga oshirgan tashriflari davomida ko‘plab xalqaro ahamiyatga molik hujjatlar imzolandi.
LiveBarchasi