O‘zbekiston-Turkiya harbiy hadli bitimi Senatda ko‘riladi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ttiz beshinchi yalpi majlisini joriy yilning 18 noyabr kuni chaqiriladi. Yuqori palata Kengashining navbatdagi majlisi shunday qaror qabul qilindi.

Qayd etilishicha, navbatdagi yalpi majlisda bir qator masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

MDH PAning 2022 yil 27-28 oktyabr kunlari Samarqandda o‘tkazilgan kuzgi sessiyasi yakunlari, “Davlat boji to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, navbatdagi yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Izmir Shartnomasini (Izmir, 1996 yil 14 sentyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy hadli Bitimni (Toshkent, 2022 yil 29 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlarni ham ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yalpi majlisda 2022 yilning to‘qqiz oyi yakuni bo‘yicha Davlat byudjeti ijrosi va 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotlari ko‘rib chiqiladi.

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijalari ham senatorlar muhokamasida bo‘ladi.

Shuningdek, yalpi majlisda daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olishning atrof muhit, suv va yo‘l xo‘jaligi ob’ektlariga salbiy ta’siri yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ko‘rib chiqiladi.

Yalpi majlis doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosarini saylash, shuningdek Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish ham nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing