O‘zbekiston Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslash kelishuvini tasdiqladi
Jamiyat
−
11:25 937 2 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 fevral kuni Afg‘oniston, O‘zbekiston va Pokistonni bog‘laydigan Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslashni nazarda tutuvchi xalqaro kelishuvni tasdiqlash to‘grisida qarorni imzoladi.
Mazkur qaror loyihani amalga oshirish uchun mas’ul organ sifatida Transport vazirligi belgilangan. Qo‘shma kelishuv Afg‘oniston orqali O‘zbekistonni Pokistonning Xarlachi chegara o‘tish punkti bilan bog‘laydigan temir yo‘l uchun texnik va iqtisodiy tadqiqotlar o‘tkazishni nazarda tutadi.
Transafg‘on temir yo‘li Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘laydigan yirik mintaqaviy transport yo‘li bo‘lishi va loyiha tugallangach, yiliga taxminan 20 million tonna yuk tashilishi kutilmoqda.
Transafg‘on temir yo‘lining qo‘shma muvofiqlashtiruvchi ofisi 2023 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Toshkentda joylashgan O‘zbekiston temir yo‘llari tizimi ostida faoliyat yuritadi. Dastlab qurilish xarajatlari qariyb 5 milliard AQSH dollari deb baholangan edi. Biroq, loyiha qiymati qayta ko‘rib chiqilib, taxminan 7 milliard AQSH dollariga baholangan.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston Transafg‘on temir yo‘lining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha uch tomonlama hadli bitimi 2025 yil 17 iyul kuni imzolangan edi.
“Termiz – Naybobod – Maydanshahr – Logar – Xarlachi” yo‘nalishi bo‘yicha qurilishi tugallangandan so‘ng temir yo‘l Afg‘oniston bo‘ylab 700 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tib, Markaziy Osiyo va Arab dengizi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri quruqlik yo‘lini tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev O‘rta koridorni Transafg‘on yo‘lagi bilan bog‘lashni qo‘llab-quvvatlagan edi.
E’zoza Olimova
Live
Barchasi