O‘zbekiston Tojikistonni mag‘lub eta olmadi
Sport
−
19:02 4260 1 daqiqa
Bugun, 28 yanvar kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Nodir Eliboyev shogirdlari dastlabki turda Tojikiston terma jamoasi bilan 0:0 hisobida durrang o‘ynadi.
O‘zbekiston terma jamoasi “C” guruhi 1-turida Tojikistonga qarshi durrangdan so‘ng 1 ochko ishlab oldi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida Yaponiya terma jamoasi Avstraliyani 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib guruh peshqadamiga aylandi.
O‘zbekistonning navbatdagi uchrashuvni joriy yilning 30 yanvar kuniga Avstraliyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogida uzluksiz ishtirok etib kelayotgan to‘rtta jamoadan biri hisoblanadi. Shuningdek, Eron, Yaponiya va Tailand terma jamoalari ham qit’a birinchiligini biror marta ham o‘tkazib yubormagan.
O‘zbekiston terma jamoasi qit’a birinchiligi tarixida to‘rt bor finalgacha yetib borgan va to‘tr marta kumush medallarga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, 6 marta bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi