O‘zbekiston Tojikistonda AQSH tashkillashtirgan harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda

Jamiyat

image

Kecha, 10 avgust kuni Dushanbe shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlari Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilgan harbiy mashg‘ulotlar boshlandi. Unda o‘zbekistonlik harbiylar ham ishtirok etmoqda. Bu haqda AQSHning Tojikistondagi elchixonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Mintaqaviy hamkorlik-2022” harbiy mashg‘ulotlari 20 avgust kuni yakunlanadi. Olti kunlik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarida AQSH, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Pokiston va Mo‘g‘uliston harbiylari ishtirok etadi.

AQSHning Tojikistondagi elchisi Jon Mark Pommersheym bu Qo‘shma Shtatlarning Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari ishtirokidagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlari ekanligini ta’kidladi.

“Har yili o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar barqarorlikni ta’minlash, terrorizmga qarshi kurashish, davlatlar o‘rtasida hamkorlik va qo‘shma imkoniyatlarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘pmillatli operatsiyalarni kuchaytirishga qaratilgan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, harbiy mashg‘ulotlar 2004 yildan beri har yili rotatsiya asosida o‘tkazib kelinmoqda, COVID-19 pandemiyasi sababli so‘nggi ikki yil bundan mustasno.


Maqola muallifi

Teglar

harbiy mashg'ulotlar

Baholaganlar

133

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing