AQSH raqobatlashish uchun yangi nuqta topdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Pentagon global raqobat maydoniga aylanib borayotgan Arktikaga ko‘proq e’tibor qaratmoqchi va u yerda xalqaro harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda bugun, 7 iyun kuni AQSH harbiy-dengiz kuchlari shtab boshlig‘i, admiral Maykl Gilday Vashingtondagi Brukings institutida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

"Biz iqlim o‘zgarishi haqida gapirgan edik. Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi savdo yo‘llari qutb muzliklarining eroziyasi tufayli biz bilan ham tubdan o‘zgaradi. Shuning uchun Arktika endi raqobat maydoniga aylanmoqda, biz bu haqda ehtiyotkorlik bilan o‘ylashimiz kerak”, degan admiral Gilday.

Uning aytishicha, Shvetsiya ham NATOga qo‘shilgandan keyin Arktika kengashining to‘qqizta davlatidan sakkiztasi Shimoliy Atlantika alyansi a’zosi bo‘ladi. Shundan so‘ng, Arktikaning transpolyar tabiati va transpolyar manfaatlari haqida ko‘proq gapira boshlanadi. Shuningdek, admiral, Arktikada dengiz mashqlarini ham tashkil etish mumkin, deb hisoblashini aytgan. 

"Men yiliga ikki marta o‘tkaziladigan va 30 ga yaqin mamlakat harbiy-dengiz kuchlari va o‘n minglab dengizchilar ishtirok etadigan RIPPAC Tinch okeani mashqlariga parallel bo‘ladigan mashg‘ulotlarni Arktikada ham o‘tkazishimiz mumkin deb o‘ylayman”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12-23 iyun kunlari NATO tashkil etilganidan buyon o‘tkazgan havo mashg‘ulotlarining eng yirigini tashkillashtirishi aytilgandi. Germaniya va Sharqiy Yevropada bo‘lib o‘tadigan havo mashqlarida 250 ta harbiy samolyot ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Arktika harbiy mashg'ulotlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing