O‘zbekiston Tojikiston bilan GES qurmoqchi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan birgalikda Zarafshon daryosi bo‘yida yangi gidroelektrostansiya qurmoqchi. Bu haqda “O‘zbekgidroenergo” AJMatbuot xizmati ma’lum qildi.

Bugun, 28 yanvar kuni Toshkentga ayni masala yuzasidan Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki tomonlama hamkorlik doirasida Tojikiston Respublikasi hududida Zarafshon daryosi bo‘yida gidroelektrostansiya bunyod etish masalasini muhokama qilishdir.

Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi tashrifi 28-29 yanvar kunlari davom etadi. Tashrif mobaynida qo‘shni davlat delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda “O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasini xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston GES

Baholaganlar

120

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing