O‘zbekiston tomoni Qirg‘iziston bilan chegaradagi devorni buzdi. Bunga sabab nima? (video)
Jamiyat
−
29 may 2023
33866Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston tomoni Qirg‘iziston bilan chegarada ilgari saqlanib qolgan chegara o‘tish joylaridan biridagi devorni buzayotgani aks etgan video tarqaldi. Qirg‘izistonning “Kaktusmedia” nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu tasvir Qirg‘izistonning Jalolobod va O‘zbekistonning Andijon viloyatlari chegarasida olingan bo‘lib, unda O‘zbekiston vakillari shu hududda “Bekobod-Xonobod” o‘tish punkti yonidagi devorni buzib tashlagani aks etgan.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmatining ma’lum qilishicha, 2010 yilda yopib qo‘yilgan uchta chegara o‘tish punkti – “Bekobod”, “Qorasuv”, “Qorabag‘ish” tez orada yana ochilishi kutilmoqda. Devorning buzilishi shu munosabat bilan amalga oshirilgan.
"Qirg‘iziston tomoni fuqarolarning ushbu punktlardan o‘tishini tiklashga to‘liq tayyor, biz o‘zbek tomonini kutmoqdamiz. O‘tish joylarini ochish bo‘yicha kelishuvga hukumat darajasida erishildi", deyiladi Qirg‘iziston chegara xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan transchegaraviy favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda hamkorlik qilishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi