O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari Isroil elchisi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom A’loyev Isroil elchisi Zexavit Ben Xillel bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Isroil munosabatlarini yanada rivojlantirishning holati va ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali, xususan, O‘zbekiston va Isroil Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy jihatlar ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, 5 oktyabr kuni O‘zbekistonning yangi elchisi Jahongir Aminov Isroilga tashrif buyurdi. U 2020-2023 yillarda mamlakat elchixonasini boshqargan Feruza Mahmudova o‘rnini egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil hamkorlik O'zbekiston TIV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing