O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Rossiya elchisi bilan uchrashdi
Jamiyat
−
05 yanvar
6761Kecha, 4 yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilingan.
“Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha erishilgan barcha kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi”, deyiladi bu haqdagi xabarda.
Shuningdek, unda turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvali va kun tartibi muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Prilepinning O‘zbekistonni bosib olish haqidagi bayonoti ortidan Rossiya elchisi TIVga chaqirtirilgan edi.
LiveBarchasi