O‘zbekiston TIV Fors ko‘rfazidagi provokatsiyaga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
14 may 2019
4686O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2019 yil 12 may kuni Fors ko‘rfazidagi Birlashgan Arab Amirliklarining hududiy suvlari yaqinida Fujayra Amirligidan sharq tomonda tijoriy va fuqarolik kemalariga nisbatan amalga oshirilgan provokatsiyani keskin qoraladi.
Bu kabi hodisalar kemalar bortidagi insonlar hayotiga jiddiy xavf yaratadi. Vazirlik xalqaro hamjamiyatni dengizda kemalar qatnovi xavfsizligi va barqarorligiga putur yetkazadigan bunday harakatlarni oldini olish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishga chaqirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Arab Amirliklariga xavfsizlikni ta’minlash va o‘z milliy manfaatlarni himoya qilishda yakdillik izhor etdi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 12 may kuni to‘rtta tanker BAA hududiy suvlari yaqinida noma’lum kuchlarning hujumiga uchradi. Bugungi kunda Fors ko‘chrfazi hududi vaziyat havas qilgulik emas. AQSH va Eron mintaqadagi tinchlikka xavf tug‘diryapti. Ikki mamlakat bir-birining rasmiy harbiy bo‘linmalarini terrorchi tashkilot deb e’lon qilgan.
AQSH bir necha kun ilgari Eron savdo va harbiy kemalarga hujum qilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Biroq, Eron, xuddi mintaqadagi arab davlatlarida bo‘lgani kabi, bu voqea yuzasidan tashvish bildirdi. Neftning dengizdagi savdosi 30 foizga yaqini Hurmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi. Shu nuqtai nazardan, neft narxi keskin ko‘tarildi.
LiveBarchasi